Umumiy ma’lumotlar

Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Urganch hududiy filiali, Padova universiteti, Surrey universiteti, Monash universiteti, Santyago de Kompostela universiteti, Venetsiyaning Ca'Foscari universiteti,  Novosibirsk davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat oʻrmon xoʻjaligi universiteti, G.V Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Ozarbayjon kooperativ universiteti, Boku Yevroosiyo universiteti, I.T. Trubilina nomidagi Kuban davlat agrar universiteti va Qozon Federal universitetining Elabuga instituti bilan hamkorlikda 2023-yil 27-29-aprel kunlari Urganch davlat universitetida (O’zbekiston, Urganch shahar, Hamid Olimjon ko’chasi 14-uy, 3-majlislar zali) “Mintaqaning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” (PDSED 2023) xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

Xalqaro anjuman ishida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Italiya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Ispaniya, Germaniya, Rossiya va boshqa xorijlik hamkorlardan yetakchi olimlar ishtirok etadi.

Konferensiya oflayn va onlayn tarzda o'tkaziladi, platformaga ulanish uchun havola keyinroq konferentsiya veb-saytiga joylashtiriladi.

Konferensiya materiallari Scopus bazasida indekslangan EDP Sciences nashriyoti (Fransiya) E3S Web of Conferences (E-ISSN: 2267-1242) jurnalida chop etiladi.

Birinchi kuni-27.04.2023

Yakuniy kuni-29.04.2023

 

Konferensiyaga qo'shilish uchun 

https://us06web.zoom.us/j/89766746048?pwd=Y3U4emFTTE9mNnZjWjNBaTJZaFpoZz09#success 

Conference ID: 897 6674 6048
Access code: 154517

 

Konferensiya tashkilotchilari va hamkorlari

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

– hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish metodologiyasi;
– hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning xorijiy tajribasi;
– mintaqaning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi;
– hududiy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion va sarmoyaviy salohiyatdan samarali foydalanish;
– mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ekonometrik modellashtirish;
– hududning tabiiy resurslarini boshqarish;
– mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda innovatsion, ilmiy va ta’lim quyi tizimlari;
– mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning ijtimoiy-iqtisodiy shartlari;
– qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sharoitida agrar iqtisodiyotni rivojlantirish.